- JO‘JA tovuq filesini sho‘r suvda 15-20 daqiqa qaynatib oling, mayda to‘g‘rab oling va idishga soling.
- Mayda qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, mayda to‘g‘ralgan ko‘kat, pressdan chiqarilgan sarimsoq, maydalangan yong‘oq (tolqonlash uchun ozgina qoldiring) soling, mayonez qo‘shing, aralashtirib oling.
- Hosil bo‘lgan to‘pchalar yasang, ularni yong‘oq bo‘laklariga tolqonlab oling.
- Yarimta zaytundan har bir to‘pchaga archa to‘pchalaridagi kabi mahkamlagich yasang, ko‘kat novdalarini zaytunlarning teshigi orqali o‘tkazib, ilgak qiling.
"Archa to‘pchalari"ni ko‘katning ustiga joylashtirib, dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!