Qo‘ziqorin va qattiq pishloqli tovuq jyulyeni
GAZAKLARHammaga yoqadigan to‘yimli va mazali taom
- JO‘JA tovuq filesi - 200 g
- Piyoz - 2 dona
- Shampinyon - 300 g
- Qaymoq (10% yog‘li) - 200 m
- l Un - 2 osh qoshiq
- Qattiq pishloq - 100 g
- O‘simlik yog‘i - 2 osh qoshiq
- Ta’bga ko‘ra tuz, qalampir
- Tovuq filesini pishgunicha qaynatib oling va maydalab to‘g‘rang. Shampinyonlarni tozalab olib, maydalang, piyozni mayda qilib to‘g‘rang.
- Piyozni o‘simlik yog‘ida qovuring, so‘ngra qo‘ziqorinlarni qo‘shing va suv bug‘lanib ketguncha qovuring. Tovuq filesi, tuz, murch qo‘shing va olovdan olib qo‘ying.
- Quruq tovada unni oltin rang bo‘lgunga qadar qovuring, qaymoq, tuz, murch qo‘shing va qaynatib oling. Qo‘ziqorin va file bilan birlashtiring va olovdan olib qo‘ying.
- Massani kokotnisalarga soling, ustiga maydalangan pishloq seping. Jyulyenni duxovkada 180°C da taxminan 30 daqiqa davomida pishiring.
- To‘yimli va mazali taomni dasturxonga qaynoq holda tortiq eting. Yoqimli ishtaha!