Tovuq go‘shtidan bayramona sardak
Tovuq go‘shtidan bayramona sardak
40 daq
Tovuq go‘shtidan bayramona sardak
40 daq
GAZAKLAR
Ajoyib va mazali gazak.
Tovuq file
Ingrediyentlar
  • JO‘JA tovuq filesi - 400 g 
  • Piyoz - 1 dona.
  • Sabzi - 1 dona.
  • Yashil no‘xat - 50 g
  • Konservalangan makkajo‘xori – 100 g
  • Jelatin-1 osh qosh.
  • Tuz - 1,5 choy qosh. 
  • Murch donalari - 3 dona
  • Dafna yaprog‘i – 1 dona.
Tayyorlash usuli
  1. Sabzi va piyozni tozalab, yuvib oling. Sabzavotlarni to‘g‘ramasdan qaynoq suvga soling,  murch donalari (qora va xushbo‘y), dafna yaprog‘i, bir qoshiq tuz qo‘shing. Qozon qopqog‘ini yoping va sabzavotlarni past olovda taxminan 30 daqiqa davomida pishiring. 
  2. Qozonga yuvilgan JO‘JA tovuq filesini qo‘shing va yopiq holda yana 20 daqiqa pishirishda davom eting. 
  3. Tayyor go‘shtni qozondan chiqarib oling, sovuting va istalgan o‘lchamdagi bo‘laklarga bo‘ling. Bulyonni chovlidan o‘tkazing. Sabzini qoldiring, piyozni esa tashlab yuboring.
  4. Jelatinni qadog‘idagi ko‘rsatmalarga muvofiq tayyorlang.
  5. Tayyor jelatinni 500 ml bulyon bilan aralashtiring. Bulyonni jelatin bilan qaynab chiqquncha qizdiring.
  6. Sardak uchun qoliplarga bulyon surtib chiqing. 
  7. Sabzini doira shaklida to‘g‘rang, keyin gul yoki archalar shaklida kesib oling. 
  8. Sabzini qolipning pastki qismiga joylashtiring. 
  9. Keyingi qatlamiga tovuq go‘shtini soling, keyin qatlam qilib makkajo‘xori va no‘xatni soling. 
  10. Har bir qolipga jelatin bilan bulyonni quying. Go‘shtli sardakni stol ustida xona haroratiga qadar sovutib oling va keyin sovutgichga kamida 6 soatga qo‘ying.

Tayyor bo‘lgan go‘shtli sardakni sovutgichdan chiqaring. Agar xohlasangiz, sardakni qoliplardan chiqarib, likoplarga soling va dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!

Loading recipes