Qalampir va zaytun bilan tovuq qiymasidan terrin
Qalampir va zaytun bilan tovuq qiymasidan terrin
40 daq
Qalampir va zaytun bilan tovuq qiymasidan terrin
40 daq
IKKINCHI OVQATLAR
Bayram dasturxoni uchun nafis taom.
Qiyma Ishtahani ochadigan
Ingrediyentlar
  • JO‘JA qiymasi – 1 qadoq 
  • Piyoz – 1 dona 
  • Sarimsoq - 2 bo‘lak
  • Bulg‘or qalampiri - 1 dona 
  • Danaksiz yashil zaytun – 100 g 
  • Ketchup – 2 osh qosh. 
  • Ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlar
Tayyorlash usuli
  1. JO‘JA qiymasini tovaga soling va past olovda qovuring. 
  2. Alohida to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqni qovurib oling va qiymaga qo‘shing. 
  3. To‘ldirish uchun: qalampirni mayda kubiklarga, zaytunni tilimga yoki bo‘laklarga bo‘ling. Masalliqlarni murch va limon sharbati bilan aralashtiring.
  4. Duxovkani qizdiring. Keks uchun 2 litr hajmdagi to‘rtburchak qolipga pergament qog‘ozini qo‘ying va uni o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang.
  5. Qolipni go‘sht aralashmasining yarmi bilan to‘ldiring, to‘ldirmani soling, qiymaning ikkinchi yarmi bilan yoping. 
  6. Terrinni duxovkada taxminan 1,5 soat davomida 150 daraja haroratda go‘sht teginganda zich bo‘lgunga qadar pishiring. Pishirish tugashidan taxminan 10 daqiqa oldin terrin yuzasiga ketchup surting.
  7. Ortiqcha yog‘ni to‘kib tashlang va terrinni sovutib oling. Oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping, ustiga og‘irlik bilan taxtani qo‘ying. Sovutgichda 12 dan 48 soatgacha qoldiring. 

Terinni likopga soling va ko‘katlar bilan bezating. Yoqimli ishtaha. 

 

Loading recipes