- Keng idishda smetana va xantalni birlashtiring. Kurkuma, tuz va ziravorlar qo‘shing.
- Sarimsoqni tozalang va press orqali darhol idishga o‘tkazing. Barcha masalliqlarni o‘zaro aralashtiring.
- Yosh sukinilarni po‘stlog‘i va o‘zagidan tozalamaslik ham mumkin. Sukinilarni yuvib, dumining ikki tomonidan kesib, bo‘laklarga bo‘ling.
- Kesilgan sukinilarni smetanali marinad idishiga soling.
- Tovuq boldirlarini qo‘shing. Barcha masalliqlarni aralashtiring, shunda smetanali marinad tovuq va qovoqchaning har tomonini qoplaydi. 1 soatga marinadlanishga qoldiring.
- Pishirish uchun qolipga sukini va boldirni qo‘ying.
- Boldirlar orasiga pomidor bo‘laklarini joylashtiring.
- Qolipni folga bilan yoping va 180 gradus darajada qizdirilgan duxovkaga 45-60 daqiqaga qo‘ying.
- Taom biroz qizarishi uchun pishirish tugashidan 20 daqiqa oldin qolipdan folga varag‘ini oling.
Tayyor taomni likopchalarga terib, dasturxonga issiq holda torting.