1.Tovuqning ichki va tashqi tomoniga tuz, murch va paprika surtiladi.
2.Sarimsoq va yarim piyozni taxminan 1,5 sm uzunlikda to‘g‘rab olinadi.
3.O‘tkir pichoq bilan tovuqning butun yuzasi bo‘ylab kichik kesiklar qiling, piyoz va sarimsoqni orasiga tiqing.
4.Duxovkani 180 gradusgacha qizdiring.
5.Mos keladigan kattalikdagi bankaga issiq suv quyib, uning ustiga yarimta piyoz, lavr yaprog‘i va no‘xatsimon qalampir solib, bankaga tovuq o‘tqaziladi.
6.Patnisga kartoshka, o‘rtasiga tovuq qo‘yiladi. Duxovkaga solib, kamida bir soat pishiramiz: tayyor tovuqda qon qolmasligi kerak.
Ko‘p miqdorda ko‘kat va sabzavotlar bilan dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!
Loading recipes