Tovuq naggetsli rollar
Tovuq naggetsli rollar
15 daq
Tovuq naggetsli rollar
15 daq
GAZAKLAR
Mazali va to'yimli tushlik yoki kechki ovqat. Piknik uchun ajoyib variant.
Nuggetslar Qarsillovchi
Ingrediyentlar
  • Yupqa yumaloq lavash – 2 dona
  • JO’JA tovuq naggetslari – 8 dona
  • Qizil shirin qalampir – 1 dona
  • Salat – 2 ta barg
  •  O'simlik yog'i - 3ta osh qoshiq

Qayla uchun:

  •  Tabiiy grek yogurti – 200 g
  • Ko'k mog'orli pishloq - 60 g
  • Sarimsoq - 1 bo'lakcha
  • Limon sharbati - 2 choy qoshiq
  • Tuz, qalampir ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli

1.Katta tovada yog'ni qizdiring va muzlatilgan JO'JA naggetslarini soling. Har tomonini 5 daqiqadan o'rtacha olovda qovuring. 

2.Pishloqni vilka bilan maydalang, sarimsoqni maydalang, yogurt va limon sharbati, tuz, murch qo'shing va yaxshilab aralashtiring. 

3.Shirin qalampirni chiziqlar qilib kesib oling va salat barglarini bo'laklarga bo'ling.

4.Taxtachada lavashni yoying, naggetslar, shirin qalampir va salatni qo'ying, 2 osh qoshiq qayla quying. Lavshga masalliqni qo'yib har ikki tomondan qatlang, ehtiyotkorlik bilan aylantiring va o'rtasidan kesing. Ikkinchi lavashni ham shunday qiling. 

JO'JA naggetsli rollarni sevimli qayla bilan dasturxonga torting!  Yoqimli ishtaha!

Loading recipes