Sarimsoqni maydalab, tuz va ziravorlar bilan aralashtiring.
Har bir boldirga xushbo‘y aralashmani surting.
Pishloqni ingichka chiziqlar shaklida kesing. Har birini boldirning go‘shti bilan terisining orasiga joylashtirib chiqing.
Qatlama xamirni xona haroratida eritib, un sepilgan stolda yoyib chiqing. Qatlamning qalinligi taxminan yarim santimetr bo‘lishi kerak.
Xamirni chiziqlar bilan to‘rtburchaklar shaklida kesib oling.
Har bir oyoqchani xamirga o‘rang va xamirning chetlarini suyakchaning atrofida yopib qo‘ying.
Pishirish varag‘iga pergament to‘shang, ustiga oyoqchalarni qo‘ying, ular orasida bo‘sh joy qoldiring, chunki pishirish paytida ularning hajmi biroz oshadi.
Tuxumni chaqing, uni xamirning ustiga surting.
Pechda 180-200° C da 40-45 daqiqa davomida pishiring.