- Piyoz, sarimsoq, sabzi va seldereyni mayda to‘g‘rab oling va zaytun moyida taxminan 3-5 daqiqa qovuring, kurakcha bilan aralashtiring.
- Sabzavotlarga maydalangan go‘sht qo‘shing va taxminan 10 daqiqa qovuring.
- O‘z sharbatidagi pomidorarni blenderda maydalang va maydalangan go‘shtg tuz, murch, oregano qo‘shing va yana 15-20 daqiqa dimlab qo‘ying.
- Sous tayyor bo‘lishidan 5-10 daqiqa oldin pastani ozgina zaytun moyi bilan tuzlangan suvda qaynatib oling.
Dasturxonga tortish uchun pasta ustiga sous qo‘shing, rayhon barglari va maydalangan parmezan seping. Yoqimli ishtaha!