Qovoqni pishirish formasiga joylang, tuz va murch seping, asal, karri, xantal, rozmarin, bodyon va dolchin qo‘shing. Hammasini aralashtiring, maydalangan sarimsoq qo‘shing. Moy seping va 180°C ga qadar qizdirilgan pechda 20 daqiqa davomida pishiring.
Ayni paytda, quruq tovada qovoq urug‘ini qovuring.
Qovoqni pechdan oling, uni “Oilaviy” kotlet ustiga qo‘ying, zaytun, kaperslar qo‘shing va yana 20 daqiqa pishiring.
Salat barglarini maydalang, tuz va murch seping, qovoq urug‘ini qo‘shing. Moy va laym sharbati seping. Tayyor taomni sovutilgan salat bilan issiq holda dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!