Son lahm go‘shti qo‘shilgan kartoshkali salat
SALATTushlik yoki kechki ovqat uchun mazali va ishtahani ochuvchi salat
- Son lahm go‘shti -– 1 qadoq.
- Tovuq tuxumlari – 2 dona.
- Kartoshka – 4 dona.
- Tuzlangan bodring – 3 dona.
- Qizil piyoz – ½ dona.
- Fransuz xantali – 1 osh qoshiq.
- Yangi ukrop – bir nechta novda.
- Qizil vino sirkasi – 1 osh qoshiq.
- Zaytun moyi – 50 g
- Yog‘ – 50 g
- Tuxumni 6 daqiqa qaynating, sovutib oling, tozalang va 4 qismga bo‘ling.
- Kartoshkani tozalang va tuzli suvda qaynatib oling, ozgina sovutib, 4 qismga bo‘ling.
- Bodringni kubik shaklida to‘g‘rab oling.
- Son go‘shtini bo‘laklarga bo‘ling va o‘simlik moyi qo‘shilgan tovada qovuring. Har tomondan 5 daqiqa davomida o‘rta olovda qovuring.
- Sous uchun xantal, to‘g‘ralgan ukrop, to‘g‘ralgan qizil piyoz, sirka va zaytun moyini aralashtiring.
- Barcha ingrediyentlarni qo‘shing va aralashtiring.
- Sous qo‘shgan holda darhol dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!