Tovuq va olxo‘ri qoqi bilan "Negresko" qatlama salati
Tovuq va olxo‘ri qoqi bilan "Negresko" qatlama salati
30 daq
Tovuq va olxo‘ri qoqi bilan "Negresko" qatlama salati
30 daq
SALAT
Ko‘pchilikka sevimli ta’m noodatiy ko‘rinishda
Tovuq file
Ingrediyentlar
  • JO‘JA tovuq filesi - 150 g
  • Qattiq pishloq - 100 g
  • Yong‘oq - 60 g
  • Olxo‘ri qoqi - 15 dona
  • Tuxum - 2 dona
  • Bodring - 1 dona
  • Mayonez - 4 osh qoshiq
  • Ta’bga ko‘ra tuz
Tayyorlash usuli
  • Tuzlangan suvda tovuq filesini pishgunicha qaynatib oling, sovuting, mayda kubiklarga to‘g‘rang.
  • Tuxumni qattiq qilib qaynatib oling, ularni mayda qirg‘ichdan o‘tkazing.
  • Salatni laganga yig‘ing: qatlam qilib tovuq filesi, keyin tuxumni soling va ustiga mayonez surting; so‘ng keyingi qatlamlar - yirik qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodring, mayda to‘g‘ralgan olxo‘ri qoqini soling va yana mayonez surting; oxirgi qatlamlar — mayda qirg‘ichdan o‘tkazilgan yong‘oq va pishloq. Salatni dasturxonga ko‘katlar bilan bezatib torting. Yoqimli ishtaha!

Loading recipes