1.Piyozni mayda kubiklarga kesib oling va yumshoq bo'lgunga qadar qizdirilgan tovada o'simlik yog'ida qovuring.
2.Bulg'or qalampirini ham xuddi shunday mayda to‘g‘rang va piyozga qo‘shib, qovuring.
3.JO'JA tovuq kolbasalarini maydalang, tovaga soling.
4.Pomidor, achchiq qalampir va sarimsoqni maydalang va tovaga soling. Tuz seping, qalampir seping, paprika qo'shing 5 daqiqa dimlang.
5.Tovaga tuxumni sindirib tashlang, oqsillarini plyonka qoplamaguncha kuting.
Ovqatga ko'katlar sepib issiqligicha dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!
Loading recipes