Agar siz tovuqni pechda pishirayotgan bo‘lsangiz, unda uning tayyorligini siz yog‘och cho‘p yoki tish kovlagich bilan go‘shtni teshib tekshirishingiz mumkin. Agar teshilgan joydan shaffof shira chiqsa, taomni dasturxonga tortish mumkin, agar qizil shira chiqsa - yana biroz ushlab turasiz. Pechdagi haroratni oshirib, pishirish vaqtini qisqartirish kerak emas. Bunda taomning yuzasi kuyib, ichi xomligicha qolishi mumkin. Agar sizning pechingiz gaz ishlaydigan bo‘lsa va siz taomning pasti kuyib ketishidan qo‘rqsangiz, pechning tubiga suv solingan metall idishni qo‘ying — bu tovuqning qizib ketishiga yoki qurib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.