Agar siz turli guruhlardagi mahsulotlarning foiz nisbatiga rioya qilsangiz, mukammal salomatlik va sog‘lom hazm qilish sizni uzoq kuttirmaydi. Ushbu qoida yoshi va jismoniy faoliyat darajasidan qat'i nazar, barcha oila a'zolari uchun mos keladi, chunki u har kimning ehtiyojlari va didiga osongina moslashtirilishi mumkin. O‘zingizning didingizga qarab tanlang va JO‘JA bilan o‘zingizning sog‘lom likopchangizni yarating.
To‘g‘ri ovqatlanish umumiy salomatlik va bardamlikda asosiy rol o‘ynaydi. Biroq, haqiqatan ham zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarni olish va organizmingizni yaxshi holatda saqlash uchun nafaqat iste'mol qilinadigan kaloriyalar sonini, balki parhezingiz muvozanatini ham kuzatish muhimdir. Ushbu muvozanatga erishishning yagona yo‘li sog‘lom likopcha qoidasidir.
Qoidaga ko‘ra, likopcha 3 qismga bo‘linishi kerak:
Uning 50% - sabzavotlar, ko‘katlar, mevalar va rezavorlar
Ular organizmni kerakli kletchatka, vitaminlar va mikroelementlar bilan to‘yintiradi, bu sizga glyukoza darajasini normallashtirishga, ovqat hazm qilishni yaxshilashga va metabolik jarayonlarni faollashtirishga imkon beradi.
Likopchaning 25% - murakkab uglevodlar, masalan, don, makaron, non va kraxmalli sabzavotlar
Ular organizmni energiya bilan to‘yintiradi, kun davomida kuch va quvvat beradi.
Likopchaning 25% - oqsilli mahsulotlar. JO‘JA mahsulotlari buning uchun ideal mos: file, oyoqcha, son lahm go‘shti.
Oqsillar organlar, mushaklar, suyaklar to‘qimalari uchun asosiy qurilish elementi, shuningdek, muhim aminokislotalar, rux, temir, B12 vitamini va boshqalar manbai hisoblanadi.
Likopchaaning "ustiga" parhez uchun yog‘larni qo‘shamiz. Bu urug‘lar, yog‘lar, yong‘oqlar bo‘lishi mumkin. Ular organizmdagi ko‘plab jarayonlarda, jumladan, hujayra membranalarining shakllanishi va gormonlar sintezida ishtirok etadilar.