Tovuq suvli va mazali bo'lishi uchun uni oldindan va asta-sekin eritish yaxshiroq.
Mana buning bir necha usullari.
1. Sovutgichda:
Pishirishdan 12 soat oldin mahsulotni muzlatgichdan olib qo'ying;
uni +4 °C dan yuqori bo'lmagan haroratni saqlab turuvchi sovutgichga qo'ying;
to'liq erishini kuting.
2. Suvda:
go'shtni albatta paketga joylashtiring;
eritishni faqat muzdek suvda boshlang;
asta-sekinlik bilan suv haroratini ko'tarib boring;
3. Mikroto'lqinli pechda eritish rejimida:
go'shtni chuqur likopcha yoki konteynerga qo'ying;
qizib ketishning oldini olish uchun, minimal rejimni tanlang;
har 1,5–2 daqiqada aylantirib turish yodingizdan chiqmasin.
4. Marinadda
Pishirishdan oldin tovuqni marinadlashni rejalashtirsangiz – uni muzlatilgan holda marinadga solib qo'yng va xona haroratidabutunlay eriguncha qoldiring. Erish, marinadlanish bilan bir vaqtda sodir bo'ladi.
Yodingizda bo'lsin:
Go'sht mahsulotlari germetik qadoqlarda eritilsa, ularning suvi yaxshi saqlanadi.
Tovuqni qanday usul bilan eritishingizdan qat'iy nazar, uni iloji boricha tez-tez u yonidan bu yoniga aylantirib turish kerak.
Endi siz JO’JA ning mazali Naggetslar, "Semeyniy" kotletlari, "Pishloqli qaymoqli"kolbasalari, "Originalnye" kolbasalari va "Italyancha kolbasalari" ni qanday eritishni bilasiz.