
Ramazon oyida ro‘za tutish paytida sog‘lom musulmonlar kun davomida ovqat iste’mol qilishdan bosh tortishadi. Iftor paytida - quyosh botganidan keyin ovqatlanish - ortiqcha ovqatlanmaslik muhim, saharlik paytida ham -quyosh chiqishidan oldin yengil nonushta- shu narsaga amal qilish lozim.
Ramazon oyida ratsion asosini sabzavot, meva, ko‘p miqdorda suv, shakarsiz choy va yog‘siz go‘sht tashkil qilishi kerak. Grilda, pechda tayyorlangan yoki qaynatilgan parranda go‘shti ajoyib variant bo‘ladi. U kun bo‘yi yengillik va to‘yinganlik hissini beradi. Shu bilan birga, organizmni ortiqcha kaloriya, yog‘ va xolesterin bilan yuklamaydi.
Saharlik bo‘yicha tavsiyalar
Ro‘za tutishdan oldin ovqatlanish va saharlikni o‘tkazib yubormaslik juda muhim. Yengil ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sho‘r, o‘tkir, achchiq va yog‘li taomlarni iste’mol qilish mumkin emas.
Saharlikda sabzavot va donli mahsulotlarni ratsionga kiritish foydali. Masalan, donli non, jigarrang guruch, yormalar, suli. Sut mahsulotlari ham foyda keltiradi: tvorog, tuzsiz pishloq, yogurt, sut. Kun bo‘yi ochlik hissi bezovta qilmasligi uchun nonushtaga yog‘siz parranda go‘shtini qo‘shing. Qaynatilgan yoki pechda pishirilgan JO‘JA filesi ajoyib variant bo‘ladi.
Saharlikga misol: Ikki bo‘lak non, sabzavotli omlet yoki tovuq filesi bo‘laklari bilan qattiq qaynatilgan tuxum, kesilgan yangi sabzavotlar, tvorog yoki yog‘ va ziravorlar qo‘shilgan pishloq, o‘simlik choyi, ko‘p miqdorda suv.

Iftorlik bo‘yicha tavsiyalar
Iftorlikni xurmo yoki suvdan boshlash tavsiya etiladi.
Ovqatlanishdan oldin suv ichish - tanani suyuqlik bilan to‘ldirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Xurmo sog‘lom hazm qilish va tanani yaxshi holatda saqlash uchun zarur bo‘lgan tolaga boy. Tola butun donli mahsulotlar tarkibida ham mavjud.
Go‘shtni grilda tayyorlash, pechda pishirish yoki qaynatish lozim. Yog‘li go‘sht turlarini iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Terisiz tovuqni afzal ko‘rish lozim. Terisiz tayyorlangan JO‘JA filesi, boldirchalari, sonlari va lahm son go‘shti, shuningdek, pechda yog‘siz pishirilgan JO‘JA naggetslari mukammal variant bo‘ladi. Ratsionga baliq va sabzavotlarni ham kiritish kifoya. Iftorlikdan keyin yurish yaxshi yechim bo‘ladi - kechqurunlari iloji boricha faol bo‘lish tavsiya etiladi. Kunduzi og‘ir yuklamalar suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
Iftorlik misoli: uyda tayyorlangan sabzavotli sho‘rva, sabzavotli salat, to‘ldirmali sabzavotlar (qovoqcha/baqlajon/uzum barglari), pechda pishirilgan tovuq ko‘kragi, ko‘p miqdorda suv; ta’bga ko‘ra limon bo‘laklari yoki yalpiz
Keksalar, bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarga saharlikka diqqat bilan yondashish va uni o‘tkazib yubormaslik tavsiya etiladi.