
Brend namoyish etiladigan chakana savdo do'konlarida JO'JA muntazam ravishda promo-tadbirlarni o'tkazadi. Aksiyalar jarayonida iste'molchilar maslahatchilar bilan muloqot qilib, parranda go'shti mahsulotlarining sifati, ta'mi va boshqa muhim xususiyatlari to'g'risida o'z fikrlarini bildiradilar, o‘z afzalliklari va istaklari haqida gaplashadilar.
Biz maslahatchilardan olingan fikr-mulohazalarni tahlil qilib chiqdik. Asosiy xulosa: o'zbekistonlik 10 xaridordan 9 nafari boshqa mahsulotlar qatorida JO'JA brendini afzal ko'radi.
Ushbu maqolada biz har kuni xaridlar qiladigan va oilasi uchun eng yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlarni tanlashga harakat qiladigan odamlarning haqqoniy sharhlarini nashr etamiz.
Sifat haqida:
- "JO'JA Halol sertifikatiga ega, men uchun bu eng muhimi. Aytgancha, sertifikatlarni men tekshirdim, ular haqiqiy"!
- "O'zbekistonda Belarusda ishlab chiqarilgan hamma narsani qadrlashadi, Belarusda yaxshi chiqariladi, shuning uchun men JO'JA-ni sotib olaman."
- "Men obuna bo'lgan blogerlardan JO‘JA haqida juda ko'p yaxshi gaplarni eshitgandim, shuning uchun uni bir marta sotib olib, haligacha davom ettirmoqdaman."
- "Maslahatchi JO'JA ishlab chiqaruvchisi KFC-ga ham mahsulot yetkazib berishini aytdi. Bu sifat belgisi hisoblanadi."

Mahsulotlar haqida:
- "Mening bolalarim JO'JA naggetslarini yaxshi ko'rishadi. Menga ularning tabiiy tarkibi va ularni tezda tayyorlash mumkinligi yoqadi. Men ularga naggetslarni maktabga solib beraman".
- "Men JO'JA-dan saryog‘li pishloq solingan kotletlarni sotib olaman, ular yumshoq va mazali, lekin pishloqsiz ham yaxshi bo'lardi."
- "Mening eng sevimli qismim – tovuq soni. JO'JA-da ular juda mazali, biz ilgari bundayini yemaganmiz."
- "Men JO'JA-dan butun tovuq go'shtini olaman, u bozorga qaraganda biroz qimmatroq, lekin men tovuqqa har qanday narsalar berilmaganligini va ta'mi yaxshi bo'lishini bilaman."

Qadoq haqida:
- "Yorqin va zamonaviy dizayni yoqadi."
- ""Barbekyu" marinadining paketida barmoqlar uchun teshiklari bo'lgan qulay tutqich bor - ushlab turganda qo'llaringiz muzlamaydi."
- "Paketda shaffof "oynachalar" borligi yaxshi, ular orqali tovuq oyoqlari yoki ichidagi naggetslar sonini ko'rishingiz va hatto sanab chiqishingiz mumkin."
- "Barcha ma'lumotlar o'zbek tilida, bu juda qulay, JO'JA degan nomi esa - o'zimizniki".

Albatta, xaridor bilan suhbatlar davomida ko'plab savollar to'plangan, masalan, muzlatish mahsulotlarning ta'mi va sifatiga qanday ta'sir qiladi degan turdagi savollar?
JO'JA ishlab chiqarishida shokli muzlatish usuli qo'llaniladi, u foydali elementlarning maksimal miqdorini saqlab qolish imkonini beradi. Ta'm xususiyatlari ham yuqori ko‘rsatkichlarda qoladi.
Shuningdek, iste'molchilar ko'pincha mahsulot xavfsizligi, halol sertifikatining mavjudligi haqida tashvishlanadilar. JO'JA O'zbekiston hududida, "FAYZ PARRANDA" MCHJ korxonasida ishlab chiqariladi (Toshkent, Yangihayot tumani, Binokor MFY, Sholikor ko'chasi, 66-uy.), u "Servolyuks" kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi. "Servolyuks" MDHning eng yirik agroxoldinglaridan biri bo'lib, uning asosiy faoliyati parranda go'shti mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.
Xavfsizlik va mahsulot sifati sohasidagi murosasizlik kompaniyaning asosiy qadriyatidir. GMO, inyeksiya, vijdonsiz munosabat taqiqlanadi, JO'JA mahsulotlarining tabiiyligi va xavfsizligi esa har bir bosqichda – omixta yemlardan tortib qadoqlashgacha bo‘lgan davrda tasdiqlanadi. Aynan shuning uchun o'zbek iste'molchilarining 10 tadan 9 nafari JO'JA-ni tanlaydi!