Qo‘ziqorin qaylasi bilan pishirilgan son lahm go‘shti
Qo‘ziqorin qaylasi bilan pishirilgan son lahm go‘shti
30 daq
Qo‘ziqorin qaylasi bilan pishirilgan son lahm go‘shti
30 daq
IKKINCHI OVQATLAR
Tovuq soni
Ingrediyentlar
  • JO‘JA soni lahm go‘shti - 1 paket
  • Shamsoq - 2-3 dona
  • 15% yog‘li qaymoq - 150 ml
  • Tovuq bulyoni – 200 ml
  • Xantal – 1 osh qoshiq
  • Saryog‘ - 2 osh qoshiq
  • Zaytun yog‘i - 2 osh qoshiq
  • Toshcho‘p - 2-3 novda
  • Ta’bga ko‘ra tuz, qalampir
Tayyorlash usuli
  1. Tovada sariyog‘ni zaytun moyi bilan qizdiring. Issiq yog‘da son lahm go‘shtini ikki tomondan chiroyli oltin jigarrang bo‘lguncha qovuring. Tovadan olib, bir chetga qo‘ying.
  2. Xuddi o‘sha tovada qo‘ziqorinlarni qovurib oling. Qo‘ziqorinlarga mayda to‘g‘ralgan sarimsoq bo‘laklari, xantal, tovuq bulyoni va qaymoq qo‘shing. Tuz va qalampir qo‘shing, qaylani toshcho‘p novdalarini soling.
  3. Qaynash holatiga keltiring, olovni pasaytiring va 3-4 daqiqa davomida pishiring, qayla quyuqlashishni boshlagach, chuqur pishirish qolipiga quying.
  4. Qovurilgan son lahm go‘shtini xantalli-qaymoqli qaylaga soling va pechda 20 daqiqa davomida 180°C haroratda pishiring.
     

Loading recipes