Tovuq qiymasi bilan kartoshka kotletlari
Tovuq qiymasi bilan kartoshka kotletlari
35 daq
Tovuq qiymasi bilan kartoshka kotletlari
35 daq
IKKINCHI OVQATLAR
Butun oila uchun mazali va to‘yimli taom
Qiyma Ishtahani ochadigan
Ingrediyentlar
  • Kartoshka -1 kg
  • JO‘JA qiymasi – 1 dona
  • Piyoz - 1 dona
  • Ta’bga ko‘ra tuz, qalampir
  • Saryog‘ - 40 g
  • Bug‘doy uni - 4-5 osh qoshiq
  • Tuxum - 2 dona
  • O‘simlik yog‘i - 50 ml
Tayyorlash usuli
  1. Kartoshkani tozalang, yuving, bo‘laklarga bo‘ling, qozonga joylashtiring, tuz soling, qaynoq suv quying. Taxminan 20 daqiqa yumshoq bo‘lgunga qadar past olovda qaynating.
  2. Suvni to‘kib tashlang, kartoshkani bir xil massa hosil bo‘lguncha ezing, saryog‘ qo‘shing, aralashtiring. Tuxum, qalampir qo‘shing. 2-3 osh qoshiq un qo‘shing va aralashtiring. Kartoshka "xamiri" tayyor.
  3. Tovada JO‘JA qiymasini qovurib oling. Istasangiz piyoz va ziravorlar qo‘shishingiz mumkin. 
  4. Kartoshka "xamiridan" dumaloq kulchalar tayyorlang, kulchalarning o‘rtasiga qiyma soling. Kotletlar yasang, unga belab oling.
  5. Go‘shtli kartoshka kotletlarini o‘rtacha olovda har tomondan 2-3 daqiqa davomida qovuring. 
    Tovuq qiymasi bilan kartoshka kotletlari tayyor. Sabzavotlar yoki boshqa garnir bilan tortiq eting. Yoqimli ishtaha!
     

Loading recipes